«uy-joy bozori» tegli maqolalar


Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi
Bugun, 12:33

Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi

Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM
22 fevral 2024, 12:35

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM

Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.

“Toshkentda yangi kvartiralar narxi kv. m uchun 25 mln so‘mga yetyapti”. Prezident — quruvchilar uchun qimmat kreditlar haqida
30 yanvar 2024, 16:52

“Toshkentda yangi kvartiralar narxi kv. m uchun 25 mln so‘mga yetyapti”. Prezident — quruvchilar uchun qimmat kreditlar haqida

Toshkentda yangi kvartiralar narxi 1 kv. metrga 25 mln so‘mga yetdi va kadastri yo‘q uyga ipoteka berilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va aholining uy-joy qurilishida ulushdor sifatida ishtirokini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI
19 dekabr 2023, 13:56

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI

Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM
18 dekabr 2023, 12:56

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM

Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi
31 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi

O‘zbekistonda uy-joy narxining o‘sishi tezlashdi, deyiladi MB sharhida. Ikkilamchi uylar narxi yillik hisobda 27,2 foizga, yangi uylarniki 21 foizga oshdi. Talab asosan ipoteka kreditlari hisobiga ortmoqda. Toshkentda yer uchastkalari narxi sotixiga 282 mln, uy-joylar narxi kvadratiga 11,3 mln so‘mgacha yetdi.

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM
16 avgust 2023, 17:36

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM

Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting